Avval xabar berganimizdek, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzuridagi Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash institutida diniy-ma’rifiy soha xodimlari uchun malaka oshirish o‘quvlari bo‘lib o‘tmoqda.





2026-yilning 29-oktabr kuni Imom-xatib va imom noiblari hamda Viloyat, tuman/shahar bosh otinoyilaridan iborat tinglovchilar uchun Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, tarix fanlari doktori, professor D.Maxsudov tomonidan “Zamonaviy jamiyatda diniy va dunyoviy qadriyatlar o‘rtasidagi ijtimoiy muvozanat” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. Dars jarayonida tinglovchilarga yurtimizda amalga oshirilayotgan diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar yo‘nalishi va mazmun-mohiyati, soha xodimlarining jamiyatdagi milliy va diniy qadriyatlar muvozanati, ma’naviy-axloqiy tarbiya, jaholatga qarshi ma’rifat hamda radikallashuv va mutaassiblikni oldini olishga qaratilgan faoliyat yo‘nalishlarini yanada rivojlantirishga doir taklif va tavsiyalar berildi. Shuningdek, oila mustahkamligi, ajrimlarni oldini olish hamda hududlarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishga doir masalalar yechimi borasida fikrlar almashildi.
Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.
