• +998 71 244 69 32
  • This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

yonma yon 2

O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi huzuridagiDiniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti
DINLARARO MULOQOT VA BAG‘RIKENGLIK – JAMIYAT TARAQQIYOTINING ASOSI

DINLARARO MULOQOT VA BAG‘RIKENGLIK – JAMIYAT TARAQQIYOTINING ASOSI


Mamlakatimizning deyarli barcha hududlarida bugungi kunda 16-noyabr – Xalqaro bagʻrikenglik kuni munosabati bilan keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Huddi shunday tadbirlardan biri 2026-yil 16-noyabr kuni Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi huzuridagi Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash institutining Samarqand mintaqaviy filiali professor-o‘qituvchilari, xodimlari va tinglovchilari ishtirokida “Dinlararo muloqot va bag‘rikenglik – jamiyat taraqqiyotining asosi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Samm 1

Samm 1

Tadbirni mintaqaviy filial rahbari J.Ochilov kirish so‘zi bilan ochib, kun tartibidagi mavzu yuzasidan to‘xtalib o‘tdi. Xususan, 1995-yil 16-noyabrda Parijda YuNESKO Bosh konferensiyasining 28-sessiyasida dunyoda tinchlik, dinlar va konfessiyalararo muloqotni oʻrnatish, millatlar va ellatlar oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan “Bagʻrikenglik tamoyillari deklarasiyasi”ning qabul qilinishi va BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1996-yil 12-dekabrdagi 51/95-sonli rezolyutsiyasi bilan mazkur kun butun dunyoda “Xalqaro bagʻrikenglik kuni” sifatida keng nishonlanayotganligi to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tdi.
Dastur bo‘yicha tadbir davom etdi va tadbir davomida filialning “Ijtimoiy va mutaxassislik” fanlari kafedrasi o‘qituvchilari X.Djurakulov va A.Axmedovlar diniy bag‘rikenglik bilan bog‘liq tushunchalarning mazmun-mohiyatiga o‘z fikr-mulohozalarini bildirib o‘tdilar.
Shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy tadbir davomida tinglovchilar tomonidan qiziqarli fikr-mulohazalar bildirib o‘tildi.
Tadbirda ishtirok etgan har bir kishi qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.