Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzuridagi Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash institutida 2026-yil 9-noyabr kunidan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari xodimlari uchun “Davlat va din munosabatlari” yo‘nalishida 144 soatlik malaka oshirish o‘quvlari boshlandi.



Mazkur o‘quvlar O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida tashkil etilib, dars mashg‘ulotlariga har bir o‘quv moduli bo‘yicha ilmiy salohiyatli professor-o‘qituvchilar hamda sohaning yetuk mutaxassislari jalb etilmoqda. Jumladan, 12-noyabr kuni Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori, PhD dotsent K.Shermuxamedov “Diniy mutaassiblikning asosiy belgilari va oldini olish mexanizmlari”, markaz ilmiy kotibi, PhD, dotsent J.Najmiddinov “O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari hamda me’yoriy-huquqiy asoslari” hamda Institut “Ijtimoiy va mutaxassislik fanlari” kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD J.Axmedov tomonidan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi mazmun-mohiyati” mavzularida dars mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.
Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.
