• +998 71 244 69 32
  • This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

yonma yon 2

O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi huzuridagiDiniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti
INSTITUTIMIZ XODIMI “DINIY BAG‘RIKENGLIK” KO‘KRAK NISHONI BILAN TAQDIRLANDI!

INSTITUTIMIZ XODIMI “DINIY BAG‘RIKENGLIK” KO‘KRAK NISHONI BILAN TAQDIRLANDI!


6-noyabr - Xalqaro bag‘rikenglik kuni munosabati bilan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzuridagi Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash institutida uzoq yillardan buyon samarali faoliyat yuritib kelayotgan Xashimova Mohira Nigmatullayevna Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan “Diniy Bag‘rikenglik” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

opaa 1

opaa 1

opaa 1

🏛Mazkur e’tirof Mohira Nigmatullayevnaning ko‘p yillik fidokorona mehnati, diniy-ma’rifiy sohadagi samarali faoliyati hamda jamiyatda bag‘rikenglik va o‘zaro hurmat qadriyatlarini mustahkamlash yo‘lidagi xizmatlariga berilgan yuksak bahodir.

💐Institut jamoasi nomidan Mohira Nigmatullayevnani ushbu munosib e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz!

Kelgusi faoliyatlarida mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, kasbiy muvaffaqiyatlar hamda yangi yutuqlar tilaymiz.

👏Yuksak e’tirof muborak bo‘lsin!