O‘quv-uslubiy bo‘lim
O‘quv-uslubiy bo‘lim institutda ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, o‘quv-uslubiy ishlarni muvofiqlashtirish hamda malaka oshirish kurslari sifatini ta’minlashga yo‘naltirilgan faoliyatni amalga oshiradi.
Bo‘lim o‘quv jarayonini rejalashtiradi, o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish hamda takomillashtirish, dars jadvalini shakllantirish va mashg‘ulotlar samaradorligini oshirishga ko‘maklashadi.
Asosiy vazifalar
- O‘quv jarayonini rejalashtirish va muvofiqlashtirish.
- Malaka oshirish o‘quv rejalari hamda dasturlarini ishlab chiqish va takomillashtirish.
- O‘quv mashg‘ulotlari jadvalini shakllantirish va bajarilishini muvofiqlashtirish.
- Ta’lim jarayonini o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlashga ko‘maklashish.
- Mashg‘ulotlar sifati va ta’lim samaradorligini tahlil qilish.
- Zamonaviy ta’lim usullari va ilg‘or tajribalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etishga ko‘maklashish.
- Tinglovchilarning ishtiroki va o‘zlashtirishiga oid ma’lumotlarni yuritish hamda tahlil qilish.
- O‘quv jarayoniga oid hisobot va ma’lumotnomalarni tayyorlash.
Bo‘lim xodimlari
- Bo‘lim boshlig‘i — Sardor Egamberdiyev Bahodir o‘g‘li.
- Uslubchi — Ismoiljonov Javoxir Jaxongir o‘g‘li.
- Inspektor — Xolmatov Saidbek O‘lmasjon o‘g‘li.
- Inspektor — Maxamadjonov Hojiakbar Botir o‘g‘li.
