• +998 71 244 69 32
  • This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

yonma yon 2

O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi huzuridagiDiniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti
MALAKAVIY ISHLAR HIMOYASI BO‘LIB O‘TDI

MALAKAVIY ISHLAR HIMOYASI BO‘LIB O‘TDI


Avval xabar berganimizdek, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzuridagi Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash institutida diniy-ma’rifiy soha xodimlari uchun malaka oshirish o‘quvlari bo‘lib o‘tmoqda.

bmi 1

bmi 1

bmi 1

bmi 1

2026-yilning 29-oktabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta-maxsus diniy ta’lim muassasalari pedagog kadrlar hamda Viloyat, tuman/shahar bosh otinoyilaridan iborat tinglovchilar tomonidan tayyorlangan bitiruv Malakaviy ishlarning himoyasi tashkil etildi.

Mazkur o‘quvlar avvalida barcha tinglovchilarga Institutning “Ijtimoiy va mutaxassislik fanlari” kafedrasi tomonidan malakaviy ish mavzulari hamda ilmiy rahbarlar biriktilgan. Shu bois malakaviy ishlar himoyasi “Sog‘lom e’tiqod va fanatizm o‘rtasidagi chegara”, “Zamonaviy kiber-ekstremizm: Virtuallashgan radikal makonning xususiyatlari va turlari”, “Oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini saqlash va radikallashuvning oldini olish”, “Zamonaviy ajrimlarning asosiy sabablari va ularning oldini olish mexanizmlari”, “Sog‘lom farzand tarbiyasida ota-onaning hissiy yetukligi” kabi diniy-ma’rifiy, ijtimoiy-axloqiy masalalarga doir mavzularda bo‘lib o‘tdi.

Tinglovchilar o‘zlariga biriktirilgan bitiruv malakaviy ishlarni muvaffaqiyatli himoya qildilar.