Avval xabar berganimizdek, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzuridagi Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash institutida imom-xatib va imom noiblari uchun 2-davra malaka oshirish o‘quvlari bo‘lib o‘tmoqda.




Mazkur o‘quvlar avvalida barcha tinglovchilarga Institutning “Ijtimoiy va mutaxassislik fanlari” kafedrasi tomonidan malakaviy ish mavzulari hamda ilmiy rahbarlar biriktilgan. Shu bois malakaviy ishlar himoyasi “Movarounnahrda birinchi renessans davri”, “Mazhabsizlikka qarshi ilmiy raddiyalar”, “Maʼrifatparvar islom gʻoyasining jamiyat maʼnaviy barqarorligini taʼminlashdagi roli”, “Hanafiy mazhabining moʻtadillik va bagʻrikenglik xususiyatlari”, “O‘zbekistonning xalqaro geosiyosiy jarayonlardagi roli”, “Uchinchi Renessans — jamiyat maʼnaviy taraqqiyotining strategik maqsadi”, “Ommaviy madaniyat va yoshlar axloqi” kabi diniy-ma’rifiy, ijtimoiy-axloqiy masalalarga doir mavzularda bo‘lib o‘tdi.
Tinglovchilar o‘zlariga biriktirilgan bitiruv malakaviy ishlarni muvaffaqiyatli himoya qilib, professor-o‘qituvchilar tomonidan munosib baholandi.
