Avval xabar berganimizdek, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzuridagi Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash institutida diniy-ma’rifiy soha xodimlari uchun 2-davra malaka oshirish o‘quvlari bo‘lib o‘tmoqda.




2026-yilning 30-oktabr kuni barcha yo‘nalishdagi tinglovchilar uchun Yakuniy imtihon o‘tkazildi. Tinglovchilar bir oy mobaynida olgan bilim va ko‘nikmalarini o‘zlashtirganliklarini aniqlash yuzasidan test topshirdilar. Test savollari o‘tilgan modullar yuzasidan shakllantirilgan.
Imtihon jarayoni o‘quv-uslubiy bo‘lim xodimlari va kafedra professor-o‘qituvchilari nazoratida ochiq, xolis va shaffoflik asosida o‘tkazildi.
