Avval xabar berganimizdek, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzuridagi Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash institutida diniy-ma’rifiy soha xodimlari uchun 2-davra malaka oshirish o‘quvlari tashkil etilgan edi.





2026-yilning 30-oktabr kuni 2-davra malaka oshirish o‘quvlari yakunlandi. Shu munosabat bilan bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari D.Maxsudov, professor-o‘qituvchilar, xodimlar va tinglovchilar ishtirok etdi. D.Maxsudov tadbirni ochib berib, tinglovchilarni malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlaganliklari bilan qutladi. Ularning kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilab, o‘zlarining tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi.
Tadbir yakunida tinglovchilarga “Islomshunoslik” yo‘nalishi bo‘yicha 144 soatlik malaka oshirish kursini tamomlaganliklari to‘g‘risidagi sertifikatlar topshirildi.
