Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti “Ijtimoiy va mutaxassislik fanlari” kafedrasi dotsenti, PhD M.Yunusov tomonidan hammualliflikda tayyorlangan “Davlat fuqarolik xizmatchisining huquqiy maqomi va axloqiy qiyofasi” nomli monografiya nashr etildi.
Mazkur monografiya kirish, 5 ta bob, xulosa va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, unda davlat xizmati institutining vujudga kelishi va rivojlanishining nazariy-huquqiy asoslari, davlat xizmati xodimi tushunchasi va uning huquqiy maqomi mohiyati, huquqiy maqomini belgilovchi konstitutsiyaviy prinsiplari, xodimning xizmat faoliyatiga oiy huquqlari va kafolatlari, xodimning funksional majburiyatlari hamda xizmat intizomi, faoliyatiga oid cheklovlar, professional davlat xizmatini tashkil etishning xalqaro-huquqiy standartlari, davlat xizmati tizimida ochiqlik, shaffoflik va manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish, O‘zbekiston Respublikasida davlat xizmati xodimi huquqiy maqomini takomillashtirish istiqbollari, davlat xizmatchisi ma’naviy qiyofasi tushunchasi va uning ijtimoiy mohiyati, kasbiy etika, axloqiy mas’uliyat va xizmat madaniyati hamda adolat, halollik va vatanparvarlik — davlat xizmatchisi ma’naviy qiyofasining fundamental qadriyatlari sifatida namoyon bo‘lishi kabi mavzular yoritilgan.
Ushbu monografiya soha xodimlarining kelgusi faoliyatlarida ham nazariy, ham amaliy qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.
