Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti “Ijtimoiy va mutaxassislik fanlari” kafedrasi dotsenti, siyosiy fanlar bo‘yicha doktori (PhD) A.Yusupov tomonidan tayyorlangan “Demokratik jarayonlarni tahlil qilish metodologiyasi” nomli ilmiy-uslubiy qo‘llanma nashr etildi.
Mazkur qo‘llanmada demokratik jarayonlarni tahlil qilishda metodologik yondashuvlar, saylovchilarning ijtimoiy kayfiyatini o‘rganishga oid mumtoz va zamonaviy uslublar, siyosiy jarayonlarni tadqiq etishda an’naviy usullar va raqamli texnologiyalarning integratsiyasi, Ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni baholash bo‘yicha xalqaro amaliyot hamda Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazining metodologik yondashuvlari borasidagi qimmati ma’lumotlar o‘rin olgan.
Ushbu ilmiy-uslubiy qo‘llanma Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash institutining o‘quv jarayonlarida keng foydalanilib, tinglovchilarning aholi bilan ishlash hamda hududlarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish jarayonida muammolarni aniqlash hamda ularga yechim berishdagi faoliyatlarida kerakli nazariy bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi.
