• +998 71 244 69 32
  • This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

yonma yon 2

O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi huzuridagiDiniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti
TINGLOVCHILAR UCHUN SOHA MUTAXASSISLARIDAN MASTER-KLASS

TINGLOVCHILAR UCHUN SOHA MUTAXASSISLARIDAN MASTER-KLASS


Avval xabar berganimizdek, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzuridagi Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash institutida O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti bilan hamkorlikda malaka oshirish o‘quvlari bo‘lib o‘tmoqda.

IMG 5957

IMG 5960

IMG 59642026-yilning 27-oktabr kuni Imom-xatib va imom noiblaridan iborat tinglovchilar uchun Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Xomidjon domla Ishmatbekov tomonidan “Ijtimoiy-diniy masalalarga oid fatvolarning ixtiloflarni bartaraf etishdagi ahamiyati” mavzusida seminar-trening mashg‘uloti olib borildi. Dars jarayonida tinglovchilarga zamonaviy diniy-ijtimoiy masalalar borasida fatvo ishlab chiqishdagi alohida yondashuvlar, masalani to‘liq o‘rganish, masalaning fiqhiy manbalar bilan solishtirilishi, vaqt va makon omilini e’tiborga olish hamda soha vakillari bilan maslahatlashuvdan iborat bosqichlari haqida to‘xtalib o‘tildi.

Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.