Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash institutida 2026-yilning 27-oktabr kuni Islomshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyatlar, tuman/shahar bosh otinoyilari uchun Institut “Ijtimoiy va mutaxassislik fanlari” kafedrasi mudiri, Phd, dotsent B.Muxtarov bilan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi dotsenti, PhD N.To‘ychiyeva hamkorlikda “Jamiyat ma'naviy-axloqiy tarbiyasida tasavvuf ta'limotining o'rni” moduli bo’yicha Binar dars tashkil etildi.



“Yassaviy tariqati va Ahmad Yassaviy faoliyati” mavzusida tashkil etilgan dars davomida tinglovchilarga Ahmad Yassaviy hayoti va ilmiy faoliyati, Yassaviy tariqatining o‘ziga xos jihatlari hamda bugungi kundagi holati haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, Yassaviylik tariqatining shaxs ta’lim-tarbiyasi, nafsga qarshi kurash, halol mehnat, kasb tanlash, ilm olishga intilish hamda muhtojlarga yordam ko‘rsatish kabi g‘oyalarining zamonaviy ahamiyatiga alohida urg‘u berildi.
Dars yakunida tinglovchilarning qiziqtirgan savollariga ma’ruzachilar tomonidan ilmiy asoslangan va batafsil javob berildi.
Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.
