Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzuridagi Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash institutida malaka oshirayotgan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va uning hududiy boshqarmalaridagi xodimlari, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta-maxsus diniy ta’lim muassasalari pedagog kadrlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyatlar, tuman/shahar bosh otinoyilari hamda imom-xatib va imom noiblaridan iborat tinglovchilarning darsdan so‘ng bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyiga sayohat tashkil etildi.



Tashrif davomida muzey tarkibiy tuzulishi, 4 ta yirik tarixiy davr, 6 ta asosiy koʻrgazma zali va 3000 dan ziyod noyob artefaktlar bilan tanishtirildi. Jumladan, “Shon-sharaf” zali, “Qurʼoni karim” zali (Markaziy zal), “Islomdan avvalgi sivilizatsiyalar” zali (Sugʻd boʻlimi), “Birinchi Renessans” zali (VIII–XII asrlar), “Ikkinchi Renessans” zali (XIV–XVI asrlar), “Sulton Husayn Mirzo va Alisher Navoiy” sektori, “Uchinchi Renessans va “Yangi Oʻzbekiston” stelasi hamda “Bagʻrikenglik maydoni” bo‘limlariga sayohat amalga oshiridi.
Shuningdek, tinglovchilarda markazning 100 mingdan ortiq qadimiy qoʻlyozmalar va toshbosma kitoblar, 200 mingdan ziyod bosma nashrlar hamda 1 milliondan ortiq raqamli hujjatlar bazasiga ega kutubxona va fondi faoliyati ham katta taassurot qildirdi.
Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.
