• +998 71 244 69 32
  • This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

yonma yon 2

O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi huzuridagiDiniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti
ISLOM SIVILIZATSIYA MARKAZIDA AMALIY DARSLAR DAVOM ETMOQDA

ISLOM SIVILIZATSIYA MARKAZIDA AMALIY DARSLAR DAVOM ETMOQDA


Avval xabar berganimizdek, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzuridagi Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash institutida malaka oshirayotgan tinglovchilar uchun amaliy darslar davom etmoqda.

islomsiv 8

islomsiv 8

islomsiv 8 Avval xabar berganimizdek, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzuridagi Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash institutida malaka oshirayotgan tinglovchilar uchun amaliy darslar davom etmoqda.

2026-yilning 23-oktabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyatlar, tuman/shahar bosh otinoyilari uchun Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti dotsenti, islomshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) S.Primov tomonidan “Milliy qadriyatlar va hozirgi zamon” mavzusida seminar-terning mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Dars mashg‘ulotida jamiyat ma’naviy hayotida milliy va diniy qadriyatlarning o‘rni, bugungi globallashuv jarayonida yoshlar ta’lim-tarbiyasi, ayniqsa, ayol-qizlarning axloqiy tarbiyasida o‘zbekona qadriyatlarning ahamiyati haqida ma’lumotlar tahlil etildi.

Shuningdek, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va uning hududiy boshqarmalaridagi xodimlari uchun Qo‘mitaning mas’ul xodimi N.Shomirzayev tomonidan “Mehnat migrantlari va uyushmagan yoshlar orasida radikallashuv va din niqobidagi ekstremizm profilaktikasi” mavzusida amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi. Tinglovchilarga radikallshuvni oldini olish hamda mehnat migrantlari va uyushmagan yoshlar orasida mutaassiblik g‘oyalarining tarqalishiga qarshi chora-tadbirlar ishlab chiqish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Dars yakunida tinglovchilarning savollari ma’ruzachi tomonidan ilmiy asoslangan, yetarli javoblar berildi.

Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.