

2026-yil 21-oktabr kuni tinglovchilar uchun O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazida amaliy dars tashkil etildi. Dars mashg‘uloti O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining o‘rinbosari M.Muhammadsidiqov tomonidan “Dunyoning diniy manzarasi va din bilan bog‘liq geosiyosiy jarayonlar tahlili” mavzusida olib borildi. Dars davomida xalqaro maydondagi geosiyosiy jarayonlar va din omili, O‘zbekistonning Jahon hamjamiyati va Markaziy Osiyodagi qo‘shni mamlakatlar bilan aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlari haqida alohida to‘xtalib o‘tildi. Darsdan so‘ng tinglovchilarga mazkur majmuada joylashgan O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi faoliyati yaqindan tanishtirildi.
Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.
