• +998 71 244 69 32
  • This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

yonma yon 2

O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi huzuridagiDiniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti
IJTIMOIY-DINIY MASALALARGA OID FATVOLARNING AHAMIYATI

IJTIMOIY-DINIY MASALALARGA OID FATVOLARNING AHAMIYATI


2026-yil 6-noyabr kuni Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzuridagi Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti Namangan mintaqaviy filialida Islomshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha 144 soatlik malaka oshirish kursida ishtirok etayotgan imom-xatiblar uchun mahorat darsi tashkil etildi.  Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Fatvo markazi bosh mutaxassisi Habibullo domla Jo‘raboyev tomonidan “Ijtimoiy-diniy masalalarga oid fatvolarning ixtiloflarni bartaraf etishdagi ahamiyati” mavzusida seminar-trening mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

masterclass 1

masterclass 1

Dars davomida tinglovchilarga zamonaviy va diniy-ijtimoiy masalalarda fatvo ishlab chiqishdagi alohida yondashuvlar, fatvo berish va olish odoblari, fatvo berishdagi mas’uliyat, fatvo berishda e’tiborli jihatlar hamda fatvoning jamiyat rivojidagi ijtimoiy ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi.

Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.