Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti Namangan mintaqaviy filialida 2026-yilning 9-noyabr kuni Islomshunoslik yoʻnalishi boʻyicha malaka oshirayotgan imom-xatib va imom noiblaridan iborat tinglovchilar uchun “Ijtimoiy va mutaxassislik fanlari” professori, siyosiy fanlar doktori N.Dexqonov tomonidan “Yangi Oʻzbekiston” fenomeni va uni barpo etish islohotlari ( Prezident asarlari asosida)” moduli bo‘yicha ochiq dars tashkil etildi.




Dars davomida Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, bozor munosabatlarini rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, investitsiyaviy muhitni yaxshilash masalalari atroflicha yoritildi. Shuningdek, iqtisodiy taraqqiyotning mamlakat siyosati, ijtimoiy va maʼnaviy hayoti bilan uzviy bogʻliqligi taʼkidlandi.
Ochiq dars mashgʻuloti interaktiv savol javobla,r fikr almashish va hayotiy misollar asosida tashkil etildi.
Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.
