• +998 71 244 69 32
  • This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

yonma yon 2

O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi huzuridagiDiniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti
IMOM-XATIBLAR UCHUN BINAR DARS TASHKIL ETILDI

IMOM-XATIBLAR UCHUN BINAR DARS TASHKIL ETILDI


Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash institutida 2026-yilning 10-noyabr kuni Islomshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirayotgan imom-xatib va noib imomlar uchun Institut “Ijtimoiy va mutaxassislik fanlari” kafedrasi professori, falsafa fanlari doktori M.Kaxxorova bilan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Xotin-qizlar bilan ishlash va targ‘ibot guruhlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i, PhD I.Axmedova hamkorlikda “Yangi O‘zbekiston” fenomeni va uni barpo etish islohotlari (Prezident asarlari asosida)” moduli bo’yicha Binar dars tashkil etildi.

binnar 1

binnar 1

“Yangi O‘zbekiston” fenomeni tushunchasi, predmeti, maqsad va vazifalari hamda taraqqiyot bosqichlari” mavzusida tashkil etilgan dars davomida tinglovchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning asarlari asosida “Yangi O‘zbekiston” tushunchasi, u mohiyatan nimani anglatishi, “Yangi O‘zbekiston”ni ijtimoiy davlat sifatidagi maqomining strategik nuqtalari, Yangi O‘zbekistonni barpo etish – bu shunchaki xohish-istak, subyektiv hodisa emas, balki tub tarixiy asoslarga ega bo‘lgan fenomen ekanligi, Yangi O‘zbekistonni jahon maydonida kuchli salohiyatga, munosib obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan, har tomonlama obod va farovon mamlakat darajasiga chiqarish zarurati va iqtisodiy imkoniyatlar, madaniy qo‘llab-quvvatlov omillari ochib berildi.

Dars yakunida tinglovchilarning qiziqtirgan savollariga ma’ruzachilar tomonidan ilmiy asoslangan va batafsil javoblar berildi.

Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.