Din ishlari boʻyicha qoʻmita huzuridagi Diniy-ma'rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti tinglovchilari uchun “Ijtimoiy va mutaxassislik fanlari” kafedrasi professori, siyosiy fanlar doktori X.Axmedov va falsafa fanlari doktori, professor X.DJurakulov tomonidan “Ilmiy tadqiqot olib borish metodologiyasi” nomli darsklik taqdim etildi.
Darslik Ilmiy tadqiqot olib borish metodologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, ilmiy tadqiqot va tadqiqotchi faoliyatiga qo‘yiladigan malakaviy talablar, ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalarni yozish ko‘nikmasini shakllantirish hamda Ilmiy tadqiqot ishiga qo‘yilgan talablar va shakllantirish qoidalari kabi mavzularni qamrab olgan.
Ushbu kitob tinglovchilarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish, maqola va tezislar tayyorlash, kitob va risolalar yozish hamda ijtimoiy tarmoqlar uchun diniy-ma’rifiy materiallarni tayyorlashga doir nzariy va amaliy bilimlarini yuksaltirishga xizmat qiladi.
