O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-22-son Farmonida belgilangan ustuvor vazifalar mazmunidan kelib chiqib, Din ishlari boʻyicha qoʻmita huzuridagi Diniy-ma'rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti tinglovchilari uchun “Ijtimoiy va mutaxassislik fanlari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari X.Axmedov, X.DJurakulov, J.Ochilov va A.Axmedov tomonidan “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashda Imom Buxoriy merosining o‘rni” nomli risola nashr etildi.
Ushbu risolada Imom Buxoriyning hayoti va ilmiy merosi va olimning xalqaro miqyosda e’tirof etilishi haqida mulohazalar berish bilan bir qatorda alloma merosining zamonaviy ijtimoiy-ma’naviy ahamiyatiga alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, nashrda Buxoriy asarlarida ilgari surilgan “Vatanga muhabbat”, “Tinchlik oliy ne’mat”, “Inson qadrini ulug‘lash”, “Bag‘rikenglik”, “Ilm olishning fazilati”, “Oila muqaddasligi”, “Ota-onaga bo‘lgan hurmat”, “Ayollarga yaxshi muomala qilish”, “Farzand ta’lim-tarbiyasi”, “Qarindoshlar o‘rtasidagi mehr-oqibat”, “Qo‘ni-qo‘shnichilik o‘rtasidagi ahillik” g‘oyalar mazmuni ochib berilgan.
