Din ishlari boʻyicha qoʻmita huzuridagi Diniy-ma'rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti “Ijtimoiy va mutaxassislik fanlari” kafedrasi professori, siyosiy fanlar doktori F.Jurakulov tomonidan “Tizimli tahlil” nomli o‘quv qo‘llanma nashr etildi.
Mazkur kitobda Tizimli tahlil faniga kirish, tizimli tahlil amaliy fan sifatida namoyon bo‘lishi, fan metodologiyasi va tamoyillari, xalqaro munosabatlarni tadqiq etishda tizimli yondashuv, fanning asosiy tushunchalari, tizimli muammolar tushunchasi va ularning namoyon bo‘lish xususiyatlari, tizimli tahlil strukturasi, muammoli vaziyatlar tahlili, tizimli tahlilda muammoni qo‘yish va yechish, axborot makonida yo‘nalishni aniqlash, ma’lumotlar to‘plash va tizimlashtirish kabi mavzular batafsil ilmiy-tanqidiy yoritilgan.
Shuningdek, fanga doir tushunchalar mazmuni kitobning glossariy qismida ochib berilgan. Mavzular yuzasidan umumiy testlar to‘plami va ilovalar kiritilgan.
Ushbu kitob tinglovchilarning jamiyatdagi ijtimoiy masalalarni tahlil qilish hamda ularga yechim berishdagi bilimlar va ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
