Avval xabar berganimizdek, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzuridagi Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash institutida diniy soha vakillari uchun 3-davra malaka oshirish o‘quvlari bo‘lib o‘tmoqda.




2026-yil 3-noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta-maxsus diniy ta’lim muassasalari pedagog kadrlaridan iborat tinglovchilar uchun Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, tarix fanlari doktori, professor D.Maxsudov tomonidan “Diniy ta’lim va ma’naviy tarbiya: o‘zaro bog‘liqlik masalalari” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. Dars davomida tinglovchilarga diniy ta’lim muassasalari faoliyati, ularni rivojlantirish, yangi o‘quv dasturlari va o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash, o‘quvchi-talabalarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, ta’lim jarayonida milliy va diniy qadriyatlar uyg‘unligiga urg‘u berish, zamonaviy diniy-ijtimoiy masalalarga javob topa oladigan hamda jamiyatda ma’naviy-axloqiy fazilatlarni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘sha oladigan kadrlarni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratishga doir taklif va tavsiyalar berildi.
Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.




