Avval xabar berganimizdek, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzuridagi Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash institutida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va uning hududiy boshqarmalaridagi xodimlari uchun 144 soatlik malaka oshirish o‘quvlari bo‘lib o‘tmoqda.
2026-yilning 3-noyabr kuni tinglovchilar uchun Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada amaliy mashg‘ulot tashkil etildi. Joylarda amaliy mashg‘ulot o‘tkazish rejasiga muvofiq, tinglovchilarga Din ishlari bo‘yicha qo‘mita faoliyati, boshqarma va bo‘limlari tarkibiy tuzilishi, ekspertiza, targ‘ibot guruhlari hamda axborot-tahlil markazi faoliyati yaqindan tanishtirildi. Shuningdek, Qo‘mita mas’ul xodimlari tomonidan hududiy boshqarmalaridagi xodimlar bilan kelgusidagi ishlarni samarali tashkil etish mexanizmlari bo‘yicha seminar-trening mashg‘ulotlari olib borildi.
Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.
