1991-yil 18-noyabrda “Özbekiston Respublikasining Davlat bayroği töğrisida”gi Qonun qabul qilindi. Uşbu sana mamlakatimiz mustaqilligi tarixida muhim örin tutadi.
Davlatimiz bayroği – Özbekistonning mustaqilligi va suvereniteti, xalqimizning milliy ğururi va birdamligi ramzi. Uning rang va timsollarida xalqimizning boy tarixi, ezgu qadriyatlari hamda tinçlik va farovonlikka intilişi ifoda etilgan.🇺🇿 Davlat bayroğimizni e’zozlaş, uning şa’ni va qadr-qimmatini asraş, yoş avlodni davlat ramzlariga hurmat va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalaş barçamizning şarafli burçimizdir.
Din işlari böyiça qömita rahbariyati va jamoasi barça yurtdoşlarimizni Davlatimiz bayroği qabul qilinganining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi!
Yurtimiz tinç, xalqimiz omon bölsin!
Özbekiston bayroği dunyo uzra baland hilpirayversin!
