• +998 71 244 69 32
  • This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

yonma yon 2

O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi huzuridagiDiniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti
“BAYROG‘IMIZ – FAXRIMIZ, G‘URURIMIZ”.

“BAYROG‘IMIZ – FAXRIMIZ, G‘URURIMIZ”.


Mamlakatimizda har yili 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun sifatida keng nishonlanib, ushbu sana munosabati bilan davlat ramzlariga hurmat, milliy g‘urur, vatanparvarlik va fuqarolik mas’uliyatini yuksaltirishga qaratilgan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

bay 1

bay 1

bay 1

bay 1

bay 1

Jumladan, 2026-yil 18-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 35 yilligi munosabati bilan Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi huzuridagi Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash institutining Samarqand mintaqaviy filialida professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda malaka oshirish kurslari tinglovchilari ishtirokida “BAYROG‘IMIZ – FAXRIMIZ, G‘URURIMIZ” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirni X.Djurakulov kirish so‘zi bilan ochib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining mustaqil davlatchiligimiz tarixida tutgan o‘rni, uning xalqimiz milliy o‘zligi, tarixiy xotirasi, ezgu orzu-intilishlari va bunyodkorlik salohiyatini ifodalovchi muqaddas ramz ekanligi xususida fikr bildirdi.

Xususan, 1991-yil 18-noyabrda O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi 407-XII-sonli Qonuni qabul qilinganligi, mazkur tarixiy voqea mamlakatimiz davlat mustaqilligini mustahkamlash, milliy davlatchilik an’analarini tiklash va xalqaro maydonda O‘zbekistonning suveren davlat sifatidagi maqomini namoyon etishda muhim ahamiyat kasb etganligi alohida ta’kidlandi.

Dasturga muvofiq, tadbir davomida filialning “Ijtimoiy va mutaxassislik fanlari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari O.Abdullayev va A.G‘aniyevlar tomonidan mamlakatimiz bayrog‘ining xalqaro tashkilotlar qarorgohlarida, nufuzli siyosiy anjumanlarda, xalqaro sport musobaqalarida hamda turli madaniy-ma’rifiy tadbirlarda yuksak ko‘tarilishi har bir yurtdoshimiz qalbida faxr va iftixor tuyg‘ularini uyg‘otishi yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Tadbir davomida malaka oshirish kurslari tinglovchilari tomonidan Davlat bayrog‘ining jamiyat hayotidagi o‘rni, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va davlat ramzlariga hurmat madaniyatini shakllantirish masalalari yuzasidan qiziqarli fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, Davlat bayrog‘imizdagi moviy, oq va yashil ranglar, qizil hoshiyalar, yarim oy hamda o‘n ikki yulduzning tarixiy, madaniy va ramziy mazmuni haqida ma’lumotlar berildi. Bayrog‘imiz xalqimizning tinchliksevarligi, ezgu niyatlari, tabiat bilan uyg‘unligi, tarixiy merosi va kelajakka bo‘lgan ishonchini o‘zida mujassam etishi qayd etildi.

Tadbir yakunida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i xalqimizning ozodligi, mustaqilligi, milliy sha’ni va g‘ururini ifodalovchi ulug‘ qadriyat ekanligi, uni e’zozlash va hurmat qilish har bir fuqaroning muhim burchi hisoblanishi yana bir bor e’tirof etildi.