• +998 71 244 69 32
  • This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

yonma yon 2

O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi huzuridagiDiniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti
NOTIQLIK SAN’ATI VA OMMA OLDIGA CHIQISH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH

NOTIQLIK SAN’ATI VA OMMA OLDIGA CHIQISH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH


Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi huzuridagi Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash institutining Samarqand mintaqaviy filialida 3-davra malaka oshirish o‘quvlari bo‘lib o‘tmoqda.

notiq 1

notiq 1

notiq 1

notiq 1

Malaka oshirayotgan imom-xatiblar va imom noiblarining kasbiy salohiyatini yuksaltirish, bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish maqsadida 2026-yil 18-noyabr kuni Hadis ilmi maktabi rektori, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent B.Amonov tomonidan “Imom-xatiblarga xos bo‘lgan fazilat va sifatlar” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Dars davomida tinglovchilarga notiqning odoblari, fazilatlari va sifatlari, o‘zini tutish va kiyinish madaniyati, gavda va qo‘l harakatlari, diniy soha xodimlarining kasb va axloq etikasi, minbar, marosim va uchrashuvdagi suhbatlar, mavzu va manba tanlash mahorati, shuningdek tinglovchilarni o‘ziga jalb qilish uslublari borasidagi muhim masalalarning asosiy jihatlari tushuntirildi.

Mahorat darsi davomida ishtirokchilar mavzu yuzasidan fikr almashib, amaliy misollar asosida o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamladilar.