Avval xabar berganimizdek, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzuridagi Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash institutida O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti bilan hamkorlikda malaka oshirish o‘quvlari bo‘lib o‘tmoqda.




2026-yilning 27-oktabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta-maxsus diniy ta’lim muassasalari pedagog kadrlari hamda imom-xatib va imom noiblaridan iborat tinglovchilar uchun O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazida navbatdagi dars mashg‘ulotlari tashkil etildi. Unda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy kotibi, PhD, dotsent J.Najmiddinov “O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari hamda me’yoriy-huquqiy asoslari”, Ko‘kaldosh o‘rta-maxsus islom bilim yurti mudiri, PhD, dotsent M.Erkayev “Hanafiy mazhabi usulida hadislardan hukm olish uslubi” hamda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti dotsenti, PhD A.Pardayev tomonidan “Moturidiy aqidasining asosiy tamoyillari va bugungi kundagi ahamiyati” mavzularida seminar-trening mashg‘ulotlari olib borildi.
Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.
