




Tinglovchilarga Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi mazmun-mohiyati, O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari hamda me’yoriy-huquqiy asoslari, Milliy va diniy marosimlarni tashkil etishda otinoyilarning o‘rni, Xotin-qizlar orasida radikallashuvning sabablari va xavf omillari kabi modullar bo‘yicha dars mashg‘ulotlari soha mutaxassislari va yetuk professor-o‘qituvchilar tomonidan olib borilmoqda.
2026-yil 21-oktabr kuni tinglovchilarning O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markaziga tashrifi amalga oshirildi. Ular majmuada joylashgan markaz, O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. Shuningdek, otinoyilar uchun O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Xomidjon domla Ishmatbekov tomonidan “Aholi o‘rtasidagi bid’at va xurofotlarning oldini olishda otinoyilarning o‘rni” mavzusida amaliy dars tashkil etildi. Dars yakunida tinglovchilarning savollari ma’ruzachi tomonidan ilmiy asoslangan, yetarli javoblar berildi.
Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.
