Mashg‘ulotlarni institutning katta ilmiy va amaliy tajribaga ega malakali professor-o‘qituvchilari olib bormoqda. Darslarda tinglovchilarga islomshunoslikka oid fanlar bo‘yicha nazariy bilimlar berilib, ularni kasbiy faoliyatda qo‘llashning amaliy jihatlari yoritilmoqda.
O‘quvlarning asosiy maqsadi - tinglovchilarning ilmiy-nazariy bilimlarini chuqurlashtirish, kasbiy malakasini oshirish hamda diniy-ma’rifiy faoliyatni samarali tashkil etish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.
Mashg‘ulotlarda islomshunoslikning dolzarb masalalari, diniy-ma’rifiy ishlarni zamon talablari asosida olib borish, aholiga ishonchli va ilmiy asoslangan ma’lumotlarni yetkazish mavzulariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, yoshlar bilan samarali ishlash, ma’naviy-ma’rifiy masalalarga xolis va ilmiy yondashish yuzasidan amaliy tavsiyalar berilmoqda.
Professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati va boy tajribasi mashg‘ulotlarning mazmunli tashkil etilishiga xizmat qilmoqda. O‘quvlar davomida tinglovchilar o‘z bilimlarini boyitish, kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda kundalik faoliyatida qo‘llash mumkin bo‘lgan yangi yondashuvlarni o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.






