Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzuridagi Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash institutida 2026-yil 9-noyabr kunidan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va uning hududiy boshqarmalaridagi xodimlari iborat tinglovchilar uchun “Davlat va din munosabatlari” yo‘nalishida navbatdagi 144 soatlik malaka oshirish o‘quvlari boshlandi.




Tasdiqlangan kontingent rejasi va o‘quv dasturiga muvofiq, mazkur malaka oshirish o‘quvlariga Institut tomonidan har bir modullar bo‘yicha soha mutaxassislaridan iborat professor-o‘qituvchilar jamoasi shakllantirilgan. Jumladan, 11-noyabr kuni Din ishlari bo‘yicha qo‘mita boshqarma boshlig‘i M.Xakimov “Hududlarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish: muammo va yechimlar”, qo‘mita mas’ul xodimi N.Shomirzayev “Mehnat migrantlari va uyushmagan yoshlar orasida radikallashuv va din niqobidagi ekstremizm profilaktikasi” hamda Ichki ishlar vazirligi mas’ul xodimi F.Elmirzayev tomonidan “Diniy mutaasiblikning asosiy belgilari va oldini olish mexanizmlari” mavzularida dars mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.
Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.
