Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzuridagi Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash institutida diniy soha vakillari uchun 3-davra malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.




Tinglovchilarga dars mashg‘ulotlarini samarali va amaliy tashkil etish maqsadida turli hamkor tashkilotlardan sohaning yetuk mutaxassislari jalb etilmoqda. Jumladan, 2026-yil 6-noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy tashkilotlarda faoliyat olib boruvchi imom-xatib va imom noiblaridan iborat tinglovchilar uchun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi kafedra mudiri, yuridik fanlari doktori, professor N.Yusupova “O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari hamda me’yoriy-huquqiy asoslari” va akademiya professori, siyosiy fanlar doktori F.Jurakulov tomonidan “Ijtimoiy etika va axloqiy qadriyatlar tizimi: jamiyat, shaxs va madaniyat o‘rtasidagi munosabatlar” nomli mavzularda mahorat darsi o‘tkazildi. Dars davomida tinglovchilarning Yangi O‘zbekistonda davlat va din munosabatlarining huquqiy asoslari, xalqaro va mahalliy me’yoriy hujjatlar mazmuni borasidagi bilimlari mustahkamlandi. Shuningdek, jamiyat a’zolari o‘rtasidagi axloqiy va madaniy munosabatlar hamda insonlar, ayniqsa, yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasida imom-xatiblar faoliyatining ahamiyatli jihatlariga to‘xtalib o‘tildi.
Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.
