• +998 71 244 69 32
  • This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

yonma yon 2

O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi huzuridagiDiniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti
FATVOLARNING IXTILOFLARNI BARTARAF ETISHDAGI AHAMIYATI  HAQIDA OCHIQ DARS

FATVOLARNING IXTILOFLARNI BARTARAF ETISHDAGI AHAMIYATI HAQIDA OCHIQ DARS


Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzuridagi Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash institutida 2026-yilning 2-noyabr kunidan boshlab O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy tashkilotlarda faoliyat olib boruvchi  imom-xatib va noib imomlar hamda Viloyat, tuman/shahar bosh imom-xatiblari uchun 144 soatlik malaka oshirish o‘quvlari bo‘lib o‘tmoqda. Unda jami 74 nafar tinglovchilar ishtirok etmoqda.

 ochiqidora 1

 ochiqidora 1

 ochiqidora 1

Shuningdek, dars mashg‘ulotlari belgilangan reja asosida O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi va Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida ham tashkil etilmoqda.

  • yil 26-noyabr kuni Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Xomidjon domla Ishmatbekov tomonidan “Ijtimoiy-diniy masalalarga oid fatvolarning ixtiloflarni bartaraf etishdagi ahamiyati” mavzusida ochiq dars tashkil etildi. Dars davomida imom-xatiblarga jamiyatdagi ijtimoiy va axloqiy masalalarga doir savollarga javob berishda zamonaviy fatvolardan xabardor bo‘lish, Idora huzuridagi Fatvo markazi bilan doimiy aloqada bo‘lib, aholini rasmiy murojaatlarini markazga yo‘nalishtirish, turli tarmoq yoki noaniq manbalardan diniy-ijtimoiy masalalarga yechim berishning ixtilofli jihatlari haqida keng jamoatchilikka tushunchalar berish borasida tavsiyalar berildi.

Dars yakunida tinglovchilarning savollari ma’ruzachi tomonidan ilmiy asoslangan, yetarli javoblar berildi.

Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.