• +998 71 244 69 32
  • This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

yonma yon 2

O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi huzuridagiDiniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti
“JAHOLATGA QARSHI – MA’RIFAT” MAVZUSIDA TASHKIL ETILGAN MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR

“JAHOLATGA QARSHI – MA’RIFAT” MAVZUSIDA TASHKIL ETILGAN MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR


Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzuridagi Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash institutining Samarqand mintaqaviy filialida o‘quv jarayonlarining sifat va samaradorligini oshirish, tinglovchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirish, ilmiy-ma’rifiy dunyoqarashini kengaytirish hamda darsdan tashqari bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. samo 1

samo 1

 

samo 1

 

samo 1

 

samo 1

 

samo 1

 

samo 1

 

Shu maqsadda diniy-ma’rifiy sohaning yetuk mutaxassislari va tajribali ulamolar ishtirokida davra suhbatlari, ilmiy-amaliy uchrashuvlar hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar muntazam tashkil etilmoqda.

Shuningdek, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Hadis ilmi maktabining axborot-resurs markazlaridan samarali foydalanish, tinglovchilarni boy ilmiy-ma’naviy meros, noyob manbalar va zamonaviy ilmiy adabiyotlar bilan yaqindan tanishtirish orqali ularning mustaqil bilim olish, ilmiy izlanish va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik faoliyati reja asosida izchil amalga oshirib kelinmoqda.

Huddi shunday tadbirlardan biri 2026-yil 23-noyabr kuni Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi huzuridagi Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash institutining Samarqand mintaqaviy filiali 3-davra tinglovchilari bilan tushdan keyingi tadbirlar rejasiga asosan Vazirlar Maxkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida tashkil etildi.

Shuningdek, tashrif davomida tinglovchilar Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi huzuridagi muzey faoliyati, unda namoyish etilayotgan tarixiy eksponatlar hamda buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosi bilan yaqindan tanishdilar. Muzey bo‘ylab tashkil etilgan tanishtiruv jarayonida hadis ilmi rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk muhaddis Imom Buxoriy va boshqa allomalarning islom sivilizatsiyasi taraqqiyotidagi o‘rni, ularning ilmiy faoliyati hamda bebaho asarlarining tarixiy-ma’rifiy ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi.