2026-yil 20-noyabr kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining majlislar zalida “Diniy bagʻrikenglik” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatimizda diniy-ma’rifiy sohani rivojlantirish, jamiyatda tinchlik-totuvlik va millatlararo hamda dinlararo bagʻrikenglik muhitini mustahkamlash yoʻlida samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh Samarqandliklar “Diniy bagʻrikenglik” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.



Mazkur yuksak e’tirof ularning viloyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sogʻlomlashtirish, turli din va konfessiya vakillari oʻrtasida oʻzaro hurmat, hamjihatlik va totuvlikni mustahkamlash, shuningdek, diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni keng targʻib etish borasidagi koʻp yillik fidokorona mehnati va munosib hissasiga berilgan yuksak bahodir.
Quvonarlisi shundaki, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi huzuridagi Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash institutining Samarqand mintaqaviy filialida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilarimiz ham ushbu ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar. Xususan, boʻlib oʻtgan tantanali tadbirda falsafa fanlari doktori, professor B.Turayev va katta o‘qituvchi M.Abduraxmonovlarga viloyat hokimi oʻrinbosari B.Karimov tomonidan koʻkrak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.
Ushbu e’tirof – jamiyatda bagʻrikenglik, oʻzaro hurmat va hamjihatlikni qaror toptirish yoʻlidagi ezgu mehnatlarga bildirilgan yuksak ehtiromdir.
