Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzuridagi Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash institutida 2026-yil 9-noyabr kunidan boshlab O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari xodimlari, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufida faoliyat olib boruvchi viloyatlar, tuman/shahar bosh imom-xatiblari, imom-xatib va imom noiblari hamda diniy ta’lim muassasalari pedagog kadrlari uchun “Davlat va din munosabatlari” hamda “Islomshunoslik” yo‘nalishida 144 soatlik malaka oshirish o‘quvlari bo‘lib o‘tmoqda.



2026-yilning 19-noyabr kuni O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Dinshunoslik ekspertizasi boshqarmasi boshlig‘i B.Soipov tomonidan “Diniy kontentning dinshunoslik ekspertizasi: huquqiy va metodologik yondashuvlar” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Dars davomida tinglovchilarga dinshunoslik ekspertizasining huquqiy asoslari, faoliyat yo‘nalishlari, ekspertiza olib borishdagi metodologik yondashuvlar hamda uning zamonaviy ahamiyati haqida ma’lumotlar yetkazildi.
Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.
