2026-yil 25-noyabr kuni Islom sivilizatsiyasi markazida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashabbusi bilan “Internet orqali radikallashuv: muammo va yechimlar” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tdi.




Mazkur anjuman soha mutaxassislari, olimlar, tadqiqotchilar va axborot texnologiyalari ekspertlarini bir maydonda jamladi. Shuningdek, konferensiyada Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti tinglovchilari ham ishtirok etib, ushbu anjuman ularning internet orqali tarqatilayotgan radikal g‘oyalar, yoshlar ongini mafkuraviy tahdidlardan asrash, axborot xurujlarining oldini olish hamda raqamli va media savodxonlikni oshirish borasidagi bilim va ko‘nikmalari rivojlanishiga xizmat qildi.
Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.
