21.12.2021

Nukus shahridagi Opera va baxshichilik san`ati maktabiga tashrifi

Nukus shahridagi Opera va baxshichilik san`ati maktabiga tashrifi

Baxshi-jirovchilik qoraqalpoq xalqining qadimiy milliy san`at turlaridan biri hisoblanadi. Ushbu xalq folkloriga xos dostonlar elga mashhur baxshi-jirovlar tomonidan ijro qilinib, ustoz-shogird an`anasi orqali bizgacha etib kelgan. Ushbu san`at turini asrab-avaylash, qadimiy dostonlarni yoshlarimiz ongiga singdirish va ularni milliy an`analar ruhida tarbiyalash, baxshichilik sohasida dunyoga taniqli san`atkorlarni etishtirish maqsadida 2019-yili Nukus shahrida Opera va baxshichilik san`atiga ixtisoslashtirilgan maktab qurilishi boshlangan edi.

2020-yil qurib bitkazilgan maktab operaga ham ixtisoslashtirildi, chunki Qoraqalpog`istonda opera janrida o`ziga xos maktab yaratilgan, Muyassar Razzoqova, Kenesbay Serjanov, Oygul Nodirova, Jenisbek Piyazov singari elga taniqli opera xonandalari yurtimiz san`atini dunyoga yoyishga hissa qo`shib kelmoqda.

150 o`rinli ta`lim maskanida 50 o`rinli yotoqxona va oshxona mavjud. 2021/2022 o`quv yilida maktab-internatning 5, 6 va 7-sinflariga, 2022/2023 o`quv yilidan boshlab esa 5-sinfiga opera yo`nalishiga 10, baxshichilik yo`nalishiga 20 nafardan o`quvchi tanlov asosida qabul qilinadi.

O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Qoraqalpog’iston Respublikasi mintaqaviy filiali xodimlari  tinglovchi imom xatib va imom-noiblar bilan birgalikda  Nukus shahrida Opera va baxshichilik san`atiga ixtisoslashtirilgan maktabning 150 o`rinli konsert zali, sinfxonalari, yotoqxona va oshxonalari bilan tanishishdi. 

 

 

 

 

 

Izoh qoldirish