16.12.2021

Fayoztepa va Qoratepa buddaviylik dini manzilgohlariga sayoxat.

O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali 2021-2022 o’quv yili 3-davra tinglovchilari 2021 yil 16 dekabr kuni tasdiqlangan o’quv rejasiga muvofiq joylarda amaliy mashg’ulot o’tkazish maqsadida buddaviylik dinining yirik tarixiy manzilgohi bo’lmish Qoratepa va Fayoztepa yodgorliklariga tashrif buyurishdi.

 Tinglovchilarga mazkur yodgorliklar haqida ma’lumot berildi. Bizga ma’lumki Termiz shahri yaqinidagi Eski shahar xarobalarining shimoli-g‘arbiy qismida — Fayoztepa yodgorligi milodiy I—III asrlarga oid vixara tipidagi buddaviylik monastir-ibodatxonasi hisoblanadi. Yodgorlik arxeolog L.I.Albaum tomonidan o‘rganiladi.   Fayoztepa maydoni uchma qumlar uyumidan tozalangach, uning me’moriy tarixi ochilib, ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi. Qoratepa — budda gʻor ibodatxonalar majmuasi (milodiy I—III-asrlar). Eski Termizning shim.-sharqiy qismida joylashgan. Gʻor ibodatxonalarini qurish qoidalari hindlardan oʻzlashtirilgan. Ammo keyinroq qurilganlarini rejalashda baqtriylarning meʼmoriy usullari ustun turadi. Mazkur  manzilgohlarga uyushtirilgan sayohat tinglovchilarda yangi ma’lumotlar bilan birgalikda iliq taassurotlar qoldirdi.

 

Izoh qoldirish