14.12.2021

Fazilatli Shayx Jamoliddin Hoshim hazratlari bilan “Islom dinida oila va nikoh munosabatlari” mavzusida bo`lib o`tgan davra suhbati

Oʼzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filiali tinglovchilari hamda professor-o`qituvchilari ishtirokida joriy yilning 13 dekabr kuni Hadis ilmi oliy maktabi ustozi Fazilatli Shayx Jamoliddin Hoshim hazratlari bilan “Islom dinida oila va nikoh munosabatlari” mavzusida bo`lib o`tgan davra suhbati  to`g`risida

MA`LUMOT. 

 

Kirish so`zini Oʼzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filiali “Ijtimoiy va mutaxassilik” fanlari kafedrasi o`qituvchisi Maxmud Abduraxmonov ochib berdi.

 

 

Fazilatli Shayx Jamoliddin Hoshim hazratlari “Islom dinida oila va nikoh munosabatlari” mavzusi bo`yicha ma`ruza qildilar.

 

Tinglovchilar davra suhbatini katta qiziqish bilan tinglamoqdalar.

 

Tinglovchilar o`zlarini qiziqtirgan savollarni berdilar va batafsil javoblar oldilar.

 

O`tkazilgan davra suhbatida mintaqaviy filial rahbar va xodimlaridan dots. X.Djurakulov, D.Kosimov hamda D.Qulmatovlar ham faol ishtirok etdilar. 

Uchrashuv qizg`in savol va javoblarga boy bo`ldi.

 

Davra suhbati so`ngida tinglovchilar  Fazilatli Shayx Jamoliddin Hoshim hazratlari bilan esdalik uchun sur`atga tushdilar.

Izoh qoldirish

Izohlar