Samarqand shahrining tarixiy obidalari
Oʼzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filialida malaka oshirayotgan tinglovchilarni darsdan keyingi bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish bo`yicha Samarqand shahrining tarixiy obidalari va diqqatga sazovor joylariga uyushtirilgan 2021 yil 10 dekabrdagi sayohati haqida
MA`LUMOT.
Samarqand shahri ostonasidagi “Mirzo Ulug`bek rasadxonasi” Ulugʻbek obsevatoriyasi - Samarqanddagi XI-asr meʼmorchiligining nodir namunalaridan biri, koʻhna astronomik kuzatuv muassasasi.
Ulugʻbek farmoyishi bilan 1428 — 29 yilda Koʻhak (Choʻponota) tepaligida ulkan silindr shaklida bunyod etilgan; ayrim qoʻlyozmalar ("Boburnoma")ga koʻra, bal. 30,4 m dan iborat 3 qavatli qilib qurilgan. Unda oʻndan ortiq turli astronomik qurilma va asboblar bo'lgan. Ulardan eng asosiysi radiusi 40,2 m li qoʻshaloq yoydan iborat kvadrant (yoki sekstantga yaqin) qurilma hisoblanadi. Kvadrantning jan. qismi yer ostida, qolgan qismi shim. tomonda yer sathidan 30 m cha balandda joylashgan
Ulugʻbek rasadxonasi yonida Ulugʻbek muzeyi.
Ulugʻbek rasadxonasining asl koʻrinishi, ichki tuzilishi, bosh qurilmasi haqida Oʻzbekiston va chet el olimlari tomonidan tadqiqot ishlari olib borganlar.
Muzeydagi tarixiy qo`lyozmalar va eksponatlar.
Shohizinda — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (11—19-asrlar); Afrosiyob tepaligi jan.da joylashgan qabristondagi maqbaralardan hamda masjid, minora va madrasadan iborat ansambl.
Shohizinda ansambl xodimi tinglovchilarga yodgorlilar haqida batafsil ma`lumot bermoqda.
Hazrati Xizr masjidi — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (19-asr oʻrtalari); afsonaviy oʻlmas shaxs Hazrati Xizr nomi bilan bogʻliq.
Hazrati Xizr meʼmoriygi yonidagi O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabri.
Reja bo’yicha Samarqand viloyati mintaqaviy filialida malaka oshirayotgan tinglovchilarni darsdan keyingi bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish ishlari davom etmoqda.
Izoh qoldirish