07.12.2021

Bosh qomus – adolat mezoni” mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir

Har qanday davlatning bosh qonuni Konstitutsiya hisoblanadi. Konstitutsiya soʼzi lugʼaviy jihatdan "Nizom", "Qoidalar toʼplami" degan maʼnolarni anglatadi. Lekin mazmun-mohiyatiga koʼra, ushbu hujjat mamlakat, uning fuqarolari hayotida juda muhim va katta ahamiyatga ega ekanligini alohida eʼtirof etish joiz.

Mamlakatimiz Bosh Qomusida jamiyat va davlat, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tuzilish hamda faoliyatining asosiy printsiplari, ularning vakolatlari, fuqarolarning asosiy huquq va burchlari, jamiyat va shaxs oʼrtasidagi munosabatlari belgilab berilgan. Аmaldagi barcha qonunlar va boshqa hujjatlar Konstitutsiya negizida va unga muvofiq tarzda qabul qilinadi.

Taʼkidlash kerakki, 1992 yil 8 dekabrda XII chaqiriq Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida qabul qilingan Konstitutsiyamiz mamlakatimizda huquqiy-demokratik davlat qurish va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etishning huquqiy poydevori boʼlib xizmat qilmoqda. Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 6 boʼlim, 26 bob, 128 moddadan iborat boʼlib, unda mamlakatimizning huquqiy, demokratik jihatdan rivojlantirishning asosiy printsiplari belgilangan. Konstitutsiyamiz xalqaro tashkilotlar va ekspertlar tomonidan eʼtirof etilganligi esa davlatimizning dunyo hamjamiyatidagi nufuzini oshirmoqda va mustahkamlamoqda. Bir soʼz bilan aytganda, Bosh Qomusimiz "Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyatiga oʼtish"ning mustahkam huquqiy poydevori boʼlib xizmat qilmoqda.

Bugungi kunda mamlakatimizning deyarli barcha hududlarida konstituttsiyamizning 29 yilligi munosabati bilan “Bosh qomus – adolat mezoni” shiori ostida maʼnaviy-marifiy tadbirlar boʼlib oʼtmoqda. Huddi shunday tadbirlardan biri Oʼzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Qoraqalpog’iston Respublikasi mintaqaviy filiali professor-oʼqituvchilari, xodimlari va tinglovchilari ishtirokida ham tashkil etildi. Tadbirni mintaqaviy filial direktori А.Аbibullaev kirish soʼzi bilan ochib, kun tartibidagi mavzu yuzasidan toʼxtalib oʼtdi va tinglovchilarga tadbir ishtirokchilarini tanishtirdi.

Shundan so’ng, Qoraqalpogʼiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirligi Malaka oshirish markazining kafedra mudiri, yuridika fanlari nomzodi Sh.T.Kallibekov Konstitutciyaning 29 yilligi bilan barchani samimiy tilaklari bilan tabrikladi.

Shuningdek, Maʼnaviy-maʼrifiy tadbir davomida tinglovchilar Konstituttsiya haqida oʼzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va bu borada bilim-koʼnikmalarga ega boʼldilar.

 

 

 

Izoh qoldirish