01.12.2021

“Qirqiz” me’moriy ansambli va Тermiz sayyidlari

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Surxondaryo viloyati mintaqaviy filialida tashkil  qilingan 144 soatlik imom xatib va imom noiblar uchun “Islomshunoslik” malaka oshirish o‘quvlarining 2021-20222 o‘quv yilida 3 davrasi davom etmoqda. 

Tasdiqlangan o‘quv rejasiga muvofiq tinglovchilar bilan nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyatining tarixiy yodgorliklari va ziyorаtgohlarida amaliy ko‘chma mashg‘ulotlar olib borilmoqda. 2021 yil 1- dekabr kuni dars jadvaliga muvofiq tinglovchilar Surxondaryo viloyatining Termiz tumanidagi o‘rta asrlarga oid “Qirqiz” me’moriy ansambli va Тermiz sayyidlari xilxonasi bo‘lmish “Sulton Sodot”  majmuasiga ko‘chma mashg‘ulot tashkillashtirildi. Mazkur ko‘chma mashg‘ulot tinglovchilarda katta taassurot qoldirdi.

Izoh qoldirish

Izohlar