30.04.2025

“Imomlik - buyuk mas’uliyat”

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filiali tinglovchilari hamda professor-o‘qituvchilari ishtirokida 2025-yil 30-aprel  kuni “Imomlik - buyuk mas’uliyat” mavzusida bo‘lib o‘tgan davra suhbati to‘g‘risida

MA’LUMOT

 

Malaka oshirish o‘quv jarayonini takomillashtirish bo‘yicha tayyorlangan takliflar va ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi asosida tinglovchilar bilan ko‘chma mashgʼulotlar, yetuk diniy-maʼrifiy soha xodimlari ishtirokida davra suhbatlari, Imom Buxoriy xalkaro ilmiy-tadqiqot markazi va Xadis ilmi maktabining axborot reurs markazidan foydalanishlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu borada Hadis ilmi oliy maktabi bilan hamkorlikda muntazam ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar olib borilmoqda.

Xususan, 2025-yil 30-aprel kuni Hadis ilmi maktabida “Imomlik - buyuk mas’uliyat” mavzusida shayx Maxmud Hasan hazratlari va O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filiali tinglovchilari – imom-xatiblar, noib imomlar va professor-o‘qituvchilari bilan qiziqarli davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 

O‘tkazilgan davra suhbatida tinglovchilar davra suhbatini katta qiziqish bilan tingladilar va  o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, ularga batafsil javoblar oldilar.

Davra suhbati so‘ngida tinglovchilar  Shayx Maxmud Hasan hazratlari bilan esdalik uchun sur’atga tushdilar.

 

Reja bo‘yicha Samarqand viloyati mintaqaviy filialida malaka oshirayotgan tinglovchilarni darsdan keyingi bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish ishlari davom etmoqda.

Izoh qoldirish