
Mehmonxona va ziyoratgohlardagi so‘zlashuvlar
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filiali tinglovchilari hamda professor-o‘qituvchilari ishtirokida 2025-yil 17-aprel kuni Hadis ilmi maktabi ustozi Doktor Abdalla Mohamed Abdelhamid hazratlari bilan “Mehmonxona va ziyoratgohlardagi so‘zlashuvlar” mavzusida o‘tkazilgan binar darsi to‘g‘risida
MA’LUMOT.

Malaka oshirish o‘quv jarayonlarini samarali va sifatli tashkil etish maqsadida tinglovchilar bilan yetuk diniy-maʼrifiy soha xodimlari ishtirokida davra suhbatlari, binar darslarini o‘tkazib borish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu borada Hadis ilmi maktabi bilan hamkorlikda muntazam ravishda olib borilmoqda.

Xususan, 2025-yil 17-aprel kuni mintaqaviy filialda Hadis ilmi maktabi o‘qituvchilari Dilshod G‘iyosov va Doktor Abdalla Mohamed Abdelhamid hazratlari hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filiali o‘qituvchisi Anvar Axmedov ishtirokida “Mehmonxona va ziyoratgohlardagi so‘zlashuvlar” mavzusida imom-xatiblar, noib imomlar va professor-o‘qituvchilar bilan binar darsi bo‘lib o‘tdi.

Tinglovchilar o‘tkazilgan binar darsini katta qiziqish bilan tingladilar va o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, ularga batafsil javoblar oldilar.





Davra suhbati so‘ngida tinglovchilar Doktor Abdalla Mohamed Abdelhamid hazratlari bilan esdalik uchun sur’atga tushdilar.
Izoh qoldirish