
Vatan himoyasida shahid bo‘lgan Najmiddin Kubro
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filiali va Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti hamkorligida 2025-yil 16-aprel kuni “Jaholatga qarshi - ma’rifat” shiori ostida “Vatan himoyasida shahid bo‘lgan Najmiddin Kubro” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbati haqida
MA’LUMOTNOMA

Hozirgi globallashuv davrida buyuk alloma va mutafakkirlarimiz qoldirgan boy ilmiy-ma’naviy merosidan jamiyat taraqqiyoti yо‘lida, ayniqsa yoshlar ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda va ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayonlarida samarali foydalanish zaruriyati asosiy masalalardan biri bо‘lib qolmoqda. Zero, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Qadimiy va betakror diyorimizdan yetishib chiqqan buyuk alloma, adib va mutafakkirlarimizning yuksak gumanistik g‘oyalarga asoslangan boy ma’naviy merosi umumbashariy sivilizatsiya va madaniyat, dunyoviy va diniy ilm-fan taraqqiyotiga ulkan hissa bо‘lib qо‘shilgani dunyo jamoatchiligi tomonidan haqli ravishda e’tirof etiladi”.
Shu ma’noda, buyuk allomalarimiz, ma’rifatparvarlarimiz qoldirgan boy ilmiy-ma’naviy merosini yoshlar ongiga singdirib borish davr talabidir. Xuddi shu maqsadda Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida 2025-yil 16-aprel kuni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filiali hamkorligida institut talabalari o‘rtasida “Jaholatga qarshi - ma’rifat” shiori ostida “Vatan himoyasida shahid bo‘lgan Najmiddin Kubro” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.


Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Samarqand mintaqaviy filiali “Ijtimoiy va muttaxassislik fanlari” kafedrasi mudiri, f.f.d., dotsent X.A.Djurakulov ishtirok etib, Najmiddin Kubroning hayoti va faoliyatiga bog‘liq ma’lumotlarni talabalarga ulashdi.

Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarimizning tarixiy tafakkuri va mustaqil fikrlash qobiliyatini oshirishga xizmat qilib, ularda Vatanga bo‘lgan muhabbat tuyg‘ularini mustahkamlanishiga turtki beradi.
Izoh qoldirish