09.04.2025

SOHIBQIRON AMIR TEMUR TAVALLUDINING 689 YILLIGI MUNOSABATI BILAN “SOHIBQIRON AMIR TEMUR - BUYUK DAVLAT ARBOBI” MAVZUSIDA О‘TKAZILGAN MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR TО‘G‘RISIDA MA’LUMOT

Buyuk ajdodlarimiz tarixi, moddiy va ma’naviy merosini oʻrganish bugungi kunda muhim ahamiyat ega. Zero, yoshlarda yuksak intellektual salohiyat va vatanparvarlik ruhini shakllanishida ularning о‘rni beqiyosdir. Bu borada davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning: “Buyuk alloma va adiblarimiz, aziz avliyolarimizning bebaho merosi, yengilmas sarkarda va arboblarimizning jasoratini yoshlar ongiga singdirish, ularda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini kuchaytishga alohida e’tibor qaratishimiz kerak”, - degan fikrlari о‘rinlidir. Shu ma’noda, bugungi kunda mamlakatimizning deyarli barcha hududlarida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar amalga oshirilmoqda. Huddi shunday tadbirlardan biri 2025-yil 9-aprel kuni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Samarqand viloyati mintaqaviy filiali professor-o‘qituvchilari, xodimlari va tinglovchilari ishtirokida “Sohibqiron Amir Temur - buyuk davlat arbobi” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. 

Kirish sо‘zini О‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filiali direktori J.A.Ochilov ochib berdi va buyuk bobokolonimiz Amir Temurning hayotiy faoliyatiga qisqacha tо‘xtalib о‘tdi.

Ma’naviy-ma’rifiy tadbir davomida “Ijtimoiy va mutaxassislik” fanlari kafedrasi mudiri X.A.Djurakulov, kafedra dotsenti J.SH.Jumayev, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi B.Mahmudov va tinglovchilardan O.Ermanov, H.Jaxonov sо‘zga chiqib, buyuk sohibqiron Amir Temurning hayot faoliyati davomida olib borgan bunyodkorlik ishlari, ilm-fan tarqqiyoti va islom dini rivojiga qо‘shgan hissasi haqida tо‘xtalib о‘tdilar. Shu bilan birga, Amir Temur va temuriylar qoldirgan boy moddiy va ma’naviy merosning bugungi kunda yoshlar tarbisidagi ahamiyati  yuzasidan fikr-mulohazalar berib о‘tdilar. 

Ma’naviy-ma’rifiy tadbir davomida tinglovchilar о‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va bu borada bilim-kо‘nikmalarga ega bо‘ldilar. 

Tadbir davomida faol ishtirok etgan tinglovchilarga esdalik uchun kitoblar topshirildi. 

                                

Izoh qoldirish