
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi malaka oshirish markazi Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali 6-davra 1-guruh tinglovchilari va xodimlari bilan birgalikda buyuk ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligiga bag‘ishlanib tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir
MA`LUMOTNOMASI
Termiz davlat universiteti Tarix fakulteti dekani Tarix fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD), Abdulloyev Shuhrat Boboismoilovich so`zga chiqib, Bobur hayotiga oid ma`lumotlar bilan tanishtirib o`tdilar: Bobur 1483-yili 14-fevralda Andijon shahrida, Farg‘ona ulusining hokimi Umarshayx Mirzo va asli chingiziylardan bo‘lgan malika Qutlug‘ Nigor Xonim oilasida dunyoga keladi. “Bobur” so‘zi forsiy tilidan “babr”, ya’ni “bars”,“yo‘lbars” degan ma’noni bildiradi. Boburning otasi Umarshayx Mirzo Sohibqiron Amir Temur avlodidan. Amir Temurning uchinchi o‘g‘li Mironshoh Mirzoning evarasi bo‘lgan. Boburning onasi Qutlug‘ Nigor-Xonim mo‘g‘ul xonlaridan biri Yunusxonning qizi bo‘lgan. Termiz davlat universiteti O`zbek adabiyotshunoslik kafedrasi mudiri, filologiya fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD), dotsent, Arslonov Abdumurod Karomatovich so`zga chiqib, Bobur ijodiga oid ma`lumotlar bilan tanishtirib o`tdilar: Boburning onasi oʻqimishli boʻlgan va oqila ayol boʻlib, Boburga hokimiyatni boshqarish ishlarida faol koʻmak bergan, harbiy yurishlarida unga hamrohlik qilgan. Umarshayx Mirzo xonadoni poytaxt Andijonning arki ichida yashar edi. Hokim yoz oylari Sirdaryo boʻyida, Axsida, yilning qolgan faslini Andijonda oʻtkazardi. Boburning yoshligi Andijonda oʻtgan. Bobur barcha temuriy shahzodalar kabi maxsus tarbiyachilar, yirik fozil-u ulamolar ustozligida harbiy taʼlim, fiqh ilmi, arab va fors tillarini oʻrganadi, koʻplab tarixiy va adabiy asarlar mutolaa qiladi, ilm-fanga, sheʼriyatga qiziqa boshlaydi. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan “Bobur” (“Sher”) laqabini oladi.
Bobur otasi yoʻlidan borib, mashhur soʻfiy – Xoja Ahrorga ixlos qoʻyadi va uning tariqati ruhida voyaga yetadi, umrining oxiriga qadar shu eʼtiqodga sodiq qoladi. Keyinchalik, „Boburnoma“ asarida Bobur Xoja Ahror ruhi bir necha bor uni muqarrar halokatdan, xastalik va chorasizlikdan xalos etganini, eng ogʻir sharoitlarda rahnamolik qilganligini taʼkidlaydi. Otasi Axsida bevaqt, 39 yoshida fojiali halok boʻlgach, oilaning katta farzandi, 12 yoshli Bobur valiahd sifatida taxtga oʻtiradi (1494-yil iyun).
Tadbir davomida imom domlalar tomonidan o`zlarini qiziqtirgan savollar berishdi va javoblar olishdi. Tadbir ancha ko`tarinki ruhda o`tdi.





Izoh qoldirish