12.02.2025

Qatag‘on qurbonlari muzeyiga tashrif

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi malaka oshirish markazi Surxondaryo viloyati hududiy filiali 6-davra 1-guruh tinglovchilarining Termiz davlat universitetida tashkil etilgan Qatag‘on qurbonlari muzeyiga tashrifi yuzasidan  MA’LUMOTNOMA

2025-yil 11-fevral kuni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi malaka oshirish markazi Surxondaryo viloyati hududiy filiali 6-davra 1-guruh tinglovchilari va xodimlari bilan birgalikda Termiz davlat universitetida tashkil etilgan Qatag‘on qurbonlari muzeyiga ekskursiya tashkil etildi. 

2018 yil 30-yanvar kuni Termiz davlat universiteti tuzilmasida “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi tashkil etildi. Bugungi kunda muzey 3 bo‘lim (Chor rossiyasi mustamlakachilik davri, Sovet hokimiyati davri, Mustaqillik davri)dan iborat bo‘lib, 216 ta eksponat bilan boyitilgan. Muzeyning asosiy vazifalariga qatagʻonchilik siyosatining paydo boʻlish sabablari va oqibatlarini tadqiq etish va uni mamlakatimiz tarixining tarkibiy qismi sifatida aks ettirish, mamlakatimiz fuqarolarini, ayniqsa, yosh avlodni mustaqillik va adolat tantanasi uchun kurashgan fidoyi ota-bobolarimizning xotirasiga hurmat ruhida tarbiyalash, qatagʻon qurbonlari xotirasini abadiylashtirish, ularni yod etish bilan bogʻliq maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni amalga oshirish va targʻib etish, qatagʻon qurbonlari hayoti va faoliyatini oʻrganish, ilmiy-ijodiy merosini toʻplash, nashrga tayyorlash va chop etish, muzey fondlari va ekspozitsiyalarini mamlakatimiz hamda xorijdagi turli hujjatlar va boshqalar eksponatlar bilan muntazam ravishda boyitib borish kiradi.

Ekskursiya davomida tinglovchilarga muzey tarixi va uning asosiy vazifalari haqida atroflicha ma’lumot berildi. Ekskursiya davomida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi. Shu bilan birgalikda, tarixni anglashda va u haqida tasavvurga ega bo‘lishda muzeylarning o‘rni naqadar muhim ekanligiga o‘z ko‘zlari bilan guvoh bo‘lishdi. Mazkur ekskursiya tinglovchilar qalbida olam-olam taassurot qoldirdi.

Izoh qoldirish