
Termiz shahrida joylashgan Avliyo Aleksandr Nevskiy nomidagi Rus provaslav cherkoviga sayohat uyushtirildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali Qashqadaryo va Surxondaryolik imom-xatib va noiblardan iborat bo‘lgan 5-davra 1-guruh tinglovchilari 2025 yil
30-yanvar kuni tushdan keyingi tadbirda Termiz shahrida joylashgan Avliyo Aleksandr Nevskiy nomidagi Rus provaslav cherkoviga sayohat uyushtirildi.
Avliyo Aleksandr Nevskiy cherkovi Surxondaryo viloyati

Termiz shahrida joylashgan rus provaslav cherkovining O‘rta Osiyo metropolitan okrugiga qarashli Toshkent va O‘zbekiston yeparxiyasining cherkovi. Cherkov sobori 1901-yilda me’morlar Fyodor Verjbitskiy va Fyodor Smirnov tomonidan ishlab chiqilgan va harbiy cherkov standart loyihasi bo‘yicha qurilgan. Turkiston harbiy ibodatxonalari uchun namunaga aylangan ushbu loyiha Toshkentda joylashgan 1-Turkiston brigadasi ibodatxonasini qurish uchun rasmiylar tomonidan tasdiqlangan.
Mana oradan necha yillar o‘tgan bo‘lishiga qaramasdan cherkov vohaning xristian aholisi uchun xizmat qilib kelmoqda. Bundan tashqari cherkov o‘ziga xos “diniy bag‘rikenglik ramzi” hisoblanadi. Chunki voha aholisining asosiy qismi islom dininga e’tiqod qilsada, boshqa dindagi fuqarolar uchun ham yetarlicha sharoit yaratib berilayotganligining amaliy tasdig‘i hisoblanadi.
Amaliy mashg‘ulot davomida tinglovchilarga cherkov tarixi va uning qurilish uslubi haqida atroflicha ma’lumot berildi. Bundan tashqari, tinglovchilarga cherkov anjomlari, ularning vazifalari, u yerda joylashgan eksponatlar haqida ham ma’lumot berildi. Amaliy mashg‘ulot davomida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi. Mazkur ekskursiya tinglovchilar qalbida o‘chmas taassurot qoldirdi.


Izoh qoldirish